Huawei 1
O'zbekiston tayyor kiyim-kechak eksporti hajmini oshirdi

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O'zbekiston qiymati 336,7 million AQSH dollariga teng bo'lgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan.
 Bu yil 32 ta davlatga tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qilgan O'zbekiston o'tgan yilning 8 oyiga nisbatan eksport hajmini 89,1 million AQSH dollariga oshirgan.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan sakkiz oy mobaynida eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Rossiya Federatsiyasi (178,3 mln.), Qirg'iz Respublikasi (120,9 mln.) va 12,3 mln. AQSH dollari bilan Qozog'iston hissasiga to'g'ri kelgan.

Ma'lumot o'rnida, eksport qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotining eng ko'p ulushi Andijon (90,2), Toshkent (70,5), Namangan (49,8) va 39,7 mln. AQSH dollari bilan Toshkent shahri hissasiga to'g'ri kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100600 | Инструменты