“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-388-son, 08.11.2024 y.) qabul qilindi.
Unga ko'ra, 2024 yil 27 may kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federasiyasi Hukumati o'rtasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.
Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60623 | Инструменты