Huawei 1
O'zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining yana bir konvensiyasini ratifikatsiya qildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-962-con, 12.09.2024 y.) bilan Xalqaro Mehnat tashkilotining To'liqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash to'g'risidagi 175-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1994-yil 24-iyun) ratifikatsiya qilindi.

Eslatib o'tamiz, 2024-yilning 16-avgust kuni o'tkazilgan Senat majlisida ushbu konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun maʼqullangan edi.

Ushbu Konvensiya jahonning 20 ta davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan. Unining maqsadi to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchi ishchilarning mehnat sharoitlarini, ularni mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy taʼminot sohasidagi kamsitishdan himoya qilishni taʼminlashdir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62809 | Инструменты