Huawei 1
O'zbekistonda 10 oy davomida 32 014 nafar xotin-qizlar himoya orderi berish orqali davlat himoyasiga olindi

Joriy yilning 10 oyi davomida 32 014 nafar xotin-qizlar himoya orderi berish orqali davlat himoyasiga olindi. Shu orqali jumladan, 14 296 ta oilani yarashtirishga, 16 843 ta nizoni bartaraf etishga erishilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, nizo bartaraf etilmagan 1 444 ta oilada zo‘ravon shaxslarni tuzatish dasturidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, 8 527 ta himoya orderlari bo‘yicha ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanib, xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Ma'lum qilinishicha, 10 oy davomida 41 583 ta oilaviy ajrimlar qayd etilgan. Joylarda ajrimlarning oldini olish maqsadida mahallalarda “Nizoli oilalar bilan individual ishlash tartibi” joriy etildi. Jamoatchilik vakillari xamkorlikda nizoli oilalar bilan yakka  tartibda ishlash orqali  24 193 nafar ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalardan 20 265 nafari yarashtirildi.

"Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari" tomonidan 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida 90 336 nafar ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112221 | Инструменты