Huawei 1
O'zbekistonda 9 oyda 7,8 mln tonna sement ishlab chiqarildi

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda joriy yilning 9 oyida 7,8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan. O'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 102,6 % ni tashkil etdi.

Sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent viloyati 47,2 %, Navoiy viloyati 35,5 % hamda Farg'ona viloyati 11,8 % hissasiga to'g'ri keldi.

Ma'lumot o'rnida, mamlakatimiz 2020 yilning 9 oyida Afg'oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa bir qator xorijiy davlatlarga
qiymati 24,2 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan sement eksport qilingan.

O'z navbatida yurtimizga Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi, Eron, Rossiya va boshqa davlatlardan  qiymati 87,0 mln. AQSH dollariga teng bo'lgan sement mahsuloti import qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты