Huawei 1
O'zbekistonda avgust oyida eng ko'p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi

O'zbekistonda 8 oyda jami 52 202 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 144,9 % o'sish sur'atiga ega bo'ldi.
 
Eslatib o'tamiz, avgust oyida 7301 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan bo'lib, bu ko'rsatkich o'tgan oyga nisbatan 82 taga ko'p.
 
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar-avgust oylarida 52 202 dona “Cobalt” (o'tgan yilning mos davriga nisbatan 144,9 %), 46 904 dona “Nexia T-250” (93,6 %), 35 150 dona “Lacetti-Gentra” (127,9 %), 35 322 dona “Damas” (110,2 %), 18 275 dona “Spark” (128,6 %) hamda 5 327 dona “Labo“ (105,7 %) avtomobillari ishlab chiqarildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga