O'zbekistonda avtomobil yuvish joylari soni 623 taga ko'paydi

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2019 yilda respublikamizda 1035 ta avtomobil yuvish joylari faoliyat yuritgan. Bu ko'rsatkich 2018 yilga nisbatan 623 taga oshgan.

Hududlar bo'yicha 2019 yilda faoliyat yuritgan avtomobil yuvish joylari soni:

Toshkent shahri – 172 ta
Xorazm – 105 ta
Toshkent – 104 ta
Farg'ona – 82 ta
Navoiy – 82 ta
Samarqand – 80 ta
Surxondaryo – 70 ta
Buxoro – 65 ta
Andijon – 54 ta
Namangan – 53 ta
Jizzax – 46 ta
Sirdaryo – 44 ta
Qashqadaryo – 43 ta
Qoraqalpog'iston R. – 35 ta

Ma'lumot o'rnida, 2019 yilda respublikadagi 1035 ta avtomobil yuvish joylari tomonidan 44,3 mlrd. so'mlik xizmat ko'rsatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты