Huawei 1
O'zbekistonda belgilangan hududlar 40 tonnadan ortiq chiqindidan tozalandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari tomonidan “Chiqindisiz tabiat” shiori ostida respublika bo‘ylab ekoturizm maskanlarida “Plogging tour” eko-harakati va “Piknik madaniyati” aksiyalari o‘tkazildi.

Aksiyalardan ko‘zlangan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot” yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq yoshlar orasida ekologik madaniyat, ekologik xabardorlik, dam olish va piknik madaniyatini hamda aholi o‘rtasida ekoturizm tushunchasi targ’ibotini keng amalga oshirishdir.

Ta’kidlash joizki, dam olish mavsumida hududlardagi ommabop ekoturizm maskanlari chiqindilar bilan to‘lib toshmoqda. "Piknik madaniyati" aksiyasi davomida ekoturizm madaniyatini shakllantirish, dam olish maskanlarini ifloslantirmaslik kerakligi, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash va ekoturizm obyektlarini tark etayotganda chiqindilarni ham olib ketish lozimligi ta'kidlandi. Aks holda o‘z manfaatimizni deb tabiatga katta zarar yetkazgan bo‘lamiz.

Plogging davomida respublikada jami 40 tonnadan ortiq chiqindi yig‘ildi. Xususan, "Eko-oromgoh–2025" doirasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida oromgoh hududi 1 tonnadan ortiq chiqindidan tozalandi. 

Ma'lumot uchun, “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarorida aynan kelajak avlodda ekomadaniyatni yanada yuksaltirishga e'tibor qaratilgan. Plogging tadbirlari esa yoshlarda aynan atrof-muhitni ifloslantirmaslik, chiqindilarni duch kelgan joylarga tashlamaslik, ularni saralash va qayta ishlash madaniyati shakllanishiga hamda ekologik mas'uliyat yanada oshishiga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60621 | Инструменты