Huawei 1
O'zbekistonda birinchi yarim yillikda avtoraqamlar savdosi uch barobarga oshdi

Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida avtomobil raqamlari savdosi uch barobarga oshib, 426,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda savdo maydonchasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yanvar-iyun oylarida birjaning avtoraqam.uzex.uz elektron savdo tizimi orqali 104,9 ming dona avtomobil raqamlari xarid qilindi. Shu bilan birga, avtomobil raqamlari savdosi ham miqdoriy, ham umumiy ko‘rsatkichlarda uch baravar oshdi.

Shuningdek, sotilgan avtomobil raqami belgilarining 97%i jismoniy shaxslarga, qolgan 3%i esa yuridik shaxslarga to‘g‘ri keldi. 

Avtoraqamning minimal qiymati 1,7 mln so‘mni tashkil etdi, maksimal qiymati esa 500 mln so‘mdan oshdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты