O'zbekistonda endi kamyob va yo'qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni olish uchun ruxsatnoma olish mumkin
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.
Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;
Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar;
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun — 30 000 (BHMning 10 foizi);
- Tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar uchun — 60 000 (BHMning 20 foizi);
- Xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu ilova orqali tanishishingiz mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish muddati — 15 ish kunida.
Ruxsatnomaning amal qilish muddati:
“Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 2-ilovaga muvofiq ruxsatnomada belgilangan muddatda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51210 | Инструменты