Huawei 1
O'zbekistonda mualliflik huquqini buzgan taniqli san’atkorlar reytingi e’lon qilindi

Intellektual mulk agentligi mualliflik huquqini buzib qo‘shiq kuylagan san’atkorlar reytingini (tovon puli miqdoriga ko‘ra) e’lon qildi.

5-o‘rin. Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev shoir Behzod Fazliddinga tegishli bo‘lgan “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” to‘plamidagi “Balosiz – go‘yoki g‘amimni yeysiz” deb boshlanuvchi she’rdan muallifning ruxsatisiz foydalangan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qaroriga ko‘ra xonanda unga jami 26 mln so‘m tovon pulini shoirga to‘lab berish va “Ayyor do‘stlarim” nomli qo‘shiqni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatilgan.

4-o‘rin. Xonanda Doston Ergashov

U qo‘shiqchi O‘ktam Aliyevga tegishli "O‘ylamadim" qo‘shig‘idan huquq egasining ruxsatisiz foydalangan. Uzoq muddatli kelishmovchiliklardan so‘ng ushbu san’at vakillari o‘zaro kelishuvga erishdilar. Kelishuvga muvofiq "O‘ylamadim" qo‘shig‘ining muallifi O‘ktam Aliyev xonanda Doston Ergashovga nisbatan 500 million so‘m miqdoridagi moddiy va ma’naviy zararni undirish yuzasidan sudga kiritgan arizasini qaytarib oldi.

3-o‘rin. “Sanjay” (Sanjar Javberdiyev)

Xonanda “Sanjay” shoir Usmon Azimga tegishli bo‘lgan “Karvon” she’ridan noqonuniy foydalanganligi sababli fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning Sanjaydan shoir Usmon Azim foydasiga 90 million so‘mdan ortiq tovon puli undirilishi xaqidagi qarori chiqqan.

2-o‘rin. "Farhod va Shirin" juftligi

Shoirning she’riy asarlarga nisbatan mualliflik huquqlari buzilganligi yuzasidan sud ishi ko‘rilgan va shoir hisobiga 130 million so‘m tovon puli undirish haqidagi sud qarori chiqqan.

1-o‘rin. Yulduz Usmonova

Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyevga tegishli bo‘lgan “Xasta bo‘lma” she’ri O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova tomonidan huquq egasining ruhsatisiz noqonuniy foydalanilganligi sababli fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qaroriga ko‘ra Yulduz Usmonova hisobidan da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyev foydasiga umumiy miqdorda 185 million so‘m undirish belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90808 | Инструменты