Huawei 1
O'zbekistonda navbatdagi "Toza havo" oyligi o‘tkaziladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida navbatdagi "Toza havo" oyligi o‘tkaziladi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi  hamda “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi  Qonunlari ijrosini taʼminlash, foydalanishda boʻlgan avtotransport vositalarining ekologik holatini nazorat qilish maqsadida ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi. 

Birinchi bosqich 10-apreldan 10-maygacha, ikkinchi bosqich esa 10-avgustdan 10-sentabrgacha tashkil etiladi (Toshkent shahrida 10-sentabr–10-oktabr).

"Toza havo" oyligi davomida muntazam YPX maskanlarida, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda hamda koʻchalarda harakatlanayotgan avtotransport vositalari tekshiriladi. Ekologik nosoz deb topilgan avtotransport vositalari haydovchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 87- va 125-moddalariga ko‘ra choralar koʻriladi. Shuningdek, "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi  Qonunning 13-moddasiga asosan, avtotransport vositalaridan nosozligi bartaraf etilgunga qadar foydalanish taqiqlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41810 | Инструменты