Huawei 2
O'zbekistonda ommaviy ishdan bo‘shatilgan ishchilarning ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida "Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, loyiha bilan ish beruvchilarga mahalliy mehnat organlariga bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etish jarayonini soddalashtirish, ommaviy ishdan bo‘shatilganda ishchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mahalliy bandlik organiga murojaat qilgan fuqarolardan keraksiz hujjatlarni talab qilishni to‘xtatish bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.  

Mazkur qonun loyihasida ko‘zda tutilayotgan bu kabi o‘zgarishlar bandlik xizmatlarini ko‘rsatishdagi kamchiliklarni, sohadagi ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.  

Muhokamalarda so‘z olgan fraksiya a’zolari ushbu qonun loyihasi partiya dasturiy vazifalariga hamohang ekanligini ta’kidlab, bir qator savol va takliflarni o‘rtaga tashladilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga