O'zbekistonda qaysi sohada ko'proq ayollar faoliyat yuritadi?
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2019 yilda korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning 42,1 % ayollar va 57,9 % ni erkaklar tashkil etgan.
Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish sohasida eng ko'p ayollar (76,8 %) faoliyat yuritgan.
2019 yilda tashish va saqlashda 92,8 % va qurilish sohasida 93,8 % erkaklar ishlagan.
2020 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, eng ko'p ishsizlar soniga ega bo'lgan hududlar:
Farg'ona – 152,2 ming kishi
Samarqand – 148,4 ming kishi
Andijon – 129,4 ming kishi
Qashqadaryo – 125,3 ming kishi
Toshkent – 120,6 ming kishi
Namangan – 110,1 ming kishi
Alpha version: 0.9.1.19 build 123020 | Инструменты