Huawei 1
O'zbekistonda to‘langan keshbeklar 180 milliard soʻmdan oshdi

Davlat soliq qo'mitasi xabar berishicha, may oyi uchun 509 781 nafar isteʼmolchiga 53,8 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-aprel oylari uchun yana 1,8 mlrd so'm keshbek tasdiqlandi.

Yil boshidan buyon 673 597 nafar fuqaroga 180,5 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.

Ma'lumot o'rnida, tasdiqlangan keshbek summasini bugundan boshlab bank plastik kartalariga o‘tkazib olish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100613 | Инструменты