Huawei 1
Ozodbek Nazarbekov: Vazir sifatida ijodkorlarni mutlaq erkin qo‘yish tarafdori emasman

O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov "Yangi O‘zbekiston" gazetasiga intervyu berdi. Intervyu davomida vazir sanʼatkorlarga beriladigan litsenziya haqida gapirib o‘tgan.

Nazarbekovning qayd etishicha, taxminan 7−8 yil avval sanʼatkorlar yiliga 20−30 milliongacha boj to‘lardi. Bugun o‘sha birinchi kategoriyadagi sanʼatkorlar yiliga 6 million davlat boji to‘laydi. "Yaʼni sanʼatkorlardan soliq undirish uchun litsenziya joriy qilingan. Bu jihat ham doim bahslarga sabab bo‘lib kelyapti", — deydi u.

"Ijodkorlar daromadini nazorat qilish, ochiq, shaffof tarzda soliq to‘lash tizimi haqida ish olib boryapmiz. Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda adolatli mexanizm ishlab chiqishni maqsad qilganmiz. Chunki Toshkent shahridagi butun yurtga, kerak bo‘lsa, xorijdagi muxlislarga ega sanʼatkor bilan olis tumandagi ijodkor birdek soliq to‘lashi adolat mezoniga doim ham mos kelmaydi. Shu bois, ijodkorlar uchun soliq turini joriy etish masalasi eng og‘riqli nutqa", — dedi vazir.

Madaniyat vazirining taʼkidlashicha, litsenziyalarni olish, bekor qilish masalasi, asosan, o‘sha davrda sanʼatkorlarning odob-axloqiga bog‘liq holda ko‘rib chiqilgan. «Ochig‘i, avval litsenziyani olish, berish ijodkorlarni boshqarishning o‘ziga xos usuli bo‘lgan. Hozir litsenziyani bekor qilishni sud qarori bilan amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Buning uchun Adliya vazirligi muayyan talablarni ishlab chiqqan», — deya qayd etdi u.

«Vazir sifatida ijodkorlarni mutlaq erkin qo‘yish tarafdori emasman. Chunki har bir ijodkor maʼnaviy qurol. U kimningdir maqsadi yo‘lida xizmat qilmasligi kerak. Ayni damda tartib va cheklovlar hech kimning huquqini poymol qilmasligi shart. Kelgusida buning ham aniq, sog‘lom mexanizmlarini ishlab chiqishimiz zarur. Ayrim hollarda axloqiy normalar buzilyapti deb chora ko‘rsak, jamoatchilik uni senzura, tazyiq o‘tkazish deb qabul qilyapti. Shu bois,oltin o‘rtaliqni topib, yechim sifatida qaror qabul qilishimiz lozim», — dedi Ozodbek Nazarbekov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100921 | Инструменты