Bugun, 7-sentabr kuni “Parkent – Toshkent – Parkent” yo‘nalishida zamonaviy shaharlararo elektrpoyezdi yo‘lovchilar uchun foydalanishga topshirildi. Bu haqda O'zbekiston Temir yo'llari xabar bermoqda.
Prezident qarori bilan Toshkent viloyatidagi “Baytqo‘rg‘on – Parkent” temir yo‘l liniyasining qurilishi 2025-yil yanvar oyida boshlangan. Loyiha doirasida dastlab, uzunligi 24 kilometrdan iborat bo‘lgan elektrlashtirilgan temir yo‘l, 3 dona temir-beton ko‘prik, 1 dona avtomobil yo‘l o‘tkazgich, 76 dona suv o‘tkazish inshooti hamda 16 dona avtomobil yo‘li va temir yo‘li kesishmalari, bundan tashqari, 50 o‘rinli “Parkent” temir yo‘l bekati qurildi.

Ma'lum qilinishicha, poyezdda 586 o‘rindiq bo‘lib, jami 1154 tagacha yo‘lovchi sig‘imi mavjud. Chipta narxi kattalar uchun 10 ming so‘mgacha, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 6 yarim ming so‘m qilib belgilandi. Manzilgacha bo’lgan masofa esa atigi 50 daqiqani tashkil qiladi.
Mazkur yirik loyiha foydalanishga topshirilishi kelgusida Toshkent viloyatining Parkent tumani ham sayyohlik manziliga aylanadi. Bu nafaqat mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratadi, balki mamlakat turizm sektoriga ham katta foyda keltiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90814 | Инструменты