Huawei 1
Pekinda robot-taksi ish boshlaydi

Oxirgi uch yil ichida Xitoy robotlashtirilgan taksi xizmatini joriy etish bo‘yicha sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Shu oydan poytaxt Pekinda robot-taksi ishga kirishadi.

CNBC telekanali xabar berishicha, hojatbaror temir odam yaqin 15 kun ichida rasman aholiga xizmat ko‘rsata boshlaydi.

“Pony.ai” vitse-prezidenti, Tadqiqot va ishlanmalar markazi rahbari Ning Chjan faqat hukumatning maxsus ruxsati kutilayotganini aytdi. 

Joriy yil oxirigacha 50 ta robot-taksi boshqaruvchisiz ishlashi kutilyapti. Bunday mashinalar boshqa davlatlarda ham bor. Masalan, yaqinda Ilon Maskning “Tesla” kompaniyasi 8 avgust kuni robot-taksi taqdim etilishini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61610 | Инструменты