Huawei 1
Prezident davlat stipendiyasi kvotasi ikki barobarga oshirildi

“Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan:

Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:

● tayanch doktoranturada o‘qiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;
● bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTMlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMlarining qo‘shma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.

Shunga ko‘ra, mazkur taʼlim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning taʼlim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlarisiz qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62809 | Инструменты