Prezidentga DAN xodimi bo'laman, degan qizga a'zolik guvohnomasi berildi
Avval ma'lum qilganimizdek Shavkat Mirziyoyev kecha Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo'lgan edi.
U yerdagi bemorlarning holati bilan tanishgandi. O'sha vaqtda u yerda davolanayotgan qiz davlat rahbariga DAN hodimi bo'lishini aytgan edi.
Bugun o'sha DAN xodimi bo‘laman degan qizaloqqa a'zolik guvohnomasi va maxsus forma topshirildi. Bu haqda Uzreport muxbiri ma'lum qilmoqda.
Uni qizaloqqa IIV YHXBB boshlig‘i Saidov Olim topshirgan.
Qolaversa, bu qizni davolash uchun barcha xarajatlarni YHXB o‘z zimmasiga olgani aytilgan.
Shu bilan birga, hududdagi boshqa bolalarga ham sovg‘alar topshirilgani ma'lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122620 | Инструменты