15-aprel kuni soat 22:41 da "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga dovondan o'tgan A-373 Toshkent-O'sh avtomobil yo‘lining Vodiy-Toshkent yo'nalishida harakatlangan "DAF" rusumli yuk mashinasida yong‘in bo'lganligi to'g'risida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga soat 22:50 da "Qamchiq" maxsus qidiruv yong‘in qutqaruv boshqarmasidan 2 ta ekipaj yetib borishgan, soat 22:53 da yong‘in qurshab olingan va soat 23:13 da yong‘in to'liq bartaraf etilgan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Hozirda "Qamchiq" dovonida avtomobillarning ikki tomonlama harakati davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41617 | Инструменты