Huawei 1
Qariyb 4 mingga yaqin shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan

2024-yilning I-yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlil qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, mazkur davrda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgani uchun sudlar tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Joriy yilda (2023-yilning birinchi yarim yilligi bilan taqqoslaganda) ayrim soha va yo‘nalishlarda korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaygan.

Jumladan:

- tijorat banklarida 146 (186);
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 145 (177);
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128);
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida 52 (64);
- Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40);
- Qishloq xo‘jaligi vazirligida tizimida 30 (33) korrupsion jinoyatlar sodir etilgan.

Shuningdek:

- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimining 285 (237);
- davlat ulushi mavjud korxonalarning 103 (153);
- mahalliy hokimliklarning 133 (119) nafar xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122116 | Инструменты