Qashqadaryo viloyati xorijga 7,2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning 1 sentyabr holatiga O'zbekiston qiymati 9,7 million AQSH dollariga teng bo'lgan 40,8 ming tonna tarvuz eksport qilgan.
Mamlakatimizda pishgan tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan. Mazkur davlatlar orasida Qozog'iston (26,8), Rossiya Federatsiyasi (11,2) va Qirg'iz Respublikasi 2,3 ming tonna ko'rsatkich bilan yuqori ulushga ega.
Ma'lumot o'rnida, eksport qilingan mazkur tarvuz mahsulotining eng ko'p ulushi Qashqadaryo (7,2 ming tonna), Toshkent (5,3 ming tonna), Jizzax (5,1 ming tonna), Sirdaryo (4,6 ming tonna) va Xorazm (4,6 ming tonna ) viloyatlari hissasiga to'g'ri keldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12607 | Инструменты