Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida uch kunlik chaqalog‘ini 60 million so‘mga sotgan ayolga sud hukmi o‘qildi.
Qamashi tumanida yashovchi ayol o‘zining ilk marotaba dunyoga keltirgan qiz chaqalog‘ini Qarshi shahrida yashovchi ikki nafar ayolga sotmoqchi bo‘lgan. Buning evaziga ulardan 60 mln so‘m pul talab qilgan.
U 50 mln so‘m va 800 dollarni Spark mashinasi ichida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tumani sudi hukmi bilan u 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Uning qiz farzandi esa Kitob tumanidagi viloyat bolalar uyiga topshirilishi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40513 | Инструменты