Huawei 1
Qashqadaryodagi maktabda 15 yoshli yigit o‘rtoqlari tomonidan kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktabda bolalar tomonidan kaltaklangan o'g'lim sog'ayib ketmadi" nomli murojaat tarqaldi. 

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi izoh berdi

Ma'lum qilinishicha, murojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishidan avval ham Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan tartib asosida Qarshi tumanidagi 55-maktab faoliyati o'rganilgan.

Shuningdek, o'quvchilar o'rtasida yuzaga kelgan holat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o'rganilib,  qonuniy to'xtamga kelingan.

Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'ining 2024-yil 19-martdagi tegishli buyrug'i bilan Qarshi tumanidagi 55-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab direktori M.P bilan Mehnat kodeksining 157-moddasi 2-qismiga asosan  tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Hozirda vakolatli tashkilotlar tomonidan o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga