Huawei 2
Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida maxfiy tunnel topildi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yana bir yer osti yo‘li topildi. Bu haqda respublikaning O‘sh viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha,  ushbu tunnel orqali odamlar va kontrabanda tovarlari O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib o‘tilgan. Jumladan, joriy yilning 5 aprel kuni viloyat IIB xodimlari Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan. Surishtiruvlar natijasida, u qo‘shni mamlakatga ushbu yashirin tunnel orqali o‘tgani ma’lum bo‘lgan. 

Shuningdek, 12 aprelga o‘tar kechasi Nooken tumanida Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tishni pul evaziga tashkil qilganlikda gumonlangan mahalliy aholi vakilini ham ushlagan. 

"Qo‘lga olish chog‘ida gumonlanuvchidan maxsus belgili valyuta va tungi ko‘rish durbinlari musodara qilindi. Shuningdek, u uyida dastlabki qiymati qariyb 30 ming dollarga teng 87 quti narkotik moddani saqlayotgani aniqlandi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga