Huawei 1
Qirg‘izistonda MDHga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 80-yubiley yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qirg‘izistonda MDHga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 80-yubiley yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston bojxona xizmatlari rahbarlari o‘zaro hamkorlikning kun tartibidagi dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. 

Jumladan, ichki yonuv elektr dvigateli bilan jihozlangan yengil avtomobillarni identifikatsiyalash, chegarada kutish zonalarini tashkil qilish kabi masalalarda o‘zaro fikr va tajriba almashildi.

Kengash doirasida tovarlarni tasniflash va kelib chiqish masalalari bo‘yicha Ishchi guruh hamda bojxona maqsadlari uchun Ekspertiza va tadqiqotlar markazini tashkil etishga kelishib olindi.

O‘zbekiston tomoni MDHga aʼzo davlatlar bo‘ylab tashqi savdo yuklarining tranzitini soddalashtirishga qaratilgan qator takliflarni ilgari surdi.

Yig‘ilish yakunida erishilgan kelishuvlar yuzasidan bitimlar imzolandi. 

Kengashning navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning sentyabr oyida Tojikistonda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60619 | Инструменты