Huawei 1
Qishloq xo‘jaligi texnikasi olishga 130 mln dollar imtiyozli kredit ajratilishi belgilandi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o‘tkazayotgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish, eksportni ko‘paytirish va sanoatlashtirish asosiy vazifa ekani qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi olishga 130 million dollar imtiyozli kredit ajratilishi belgilandi.

Shu bilan birga, Andijonda o‘g‘it ombori kamligi, oqibatda fermerlar o‘g‘itni dalagacha olib kelishda yana 20 foizgacha qo‘shimcha xarajat qilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga Ulug‘nor, Xonobod, Bo‘ston, Paxtaobod, Baliqchi, Asaka va Qo‘rg‘ontepada 8 ta yangi ombor ochib, yana 35 ming tonna o‘g‘itni zaxiralash topshirildi.

Joriy yilda viloyatdagi 265 kilometr sug‘orish tarmog‘ini betonlash, 22 ta gidrotexnik inshoot va nasos stansiyani ta’mirlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Xonoboddagi “Yangi hayot” mahallasida qavat-qavat usulda ekin ekish tajribasini viloyatning barcha mahallasida yo‘lga qo‘yish muhim.

Buning uchun oilaviy tadbirkorlik doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi, uskunalar xarid qilishga subsidiya beriladi, serdaromad va eksportbop ekinlar urug‘i va ko‘chatiga xarajatning 30 foizi qoplanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71008 | Инструменты