Huawei 1
Qonunchilik palatasi majlisida mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi ko'rib chiqildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Keyingi yillarda jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashda, ularning muammolarini hal etishda jahonning rivojlangan davlatlarida yuqori samara berayotgan nizolarni sudgacha hal etishning zamonaviy yo‘nalishlarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Iqtisodiyotda xorijiy investorlarni jalb qilishni rag‘batlantirish ham nizolarni sudgacha yoki sudning har qanday bosqichida nizolashayotgan taraflarning o‘zaro kelishuvga va maqbul yechimga kelishiga erishishni ta’minlovchi mexanizmlarni ishlab chiqish juda ahamiyatlidir.

Ta’kidlash joizki, mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflarning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli bo‘lib, nizoni sudgacha va sud jarayonida hal etishga qaratilgan institut hisoblanadi.

Mazkur qonun loyihasida mediatsiya tartib-taomillarini qo‘llash uchun rag‘batlantiruvchi normalar, mediatorlarga oid talablar va mediativ kelishuvlarni ijro etish qoidalari nizolarni muqobil hal etish mexanizmlaridan biri sifatida belgilanmoqda.

Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputatlarning taklif va tavsiyalari asosida undagi normalar maromiga yetkazilgani qayd etildi.

Qizg‘in o‘tgan majlisda deputatlar tomonidan loyiha yuzasidan ayrim e’tirozlar bildirildi. Undagi ayrim moddalarni qayta ishlash va maromiga yetkazish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Uzoq davom etgan muhokamalar, savol-javoblardan so‘ng, qonun loyihasi mas’ul qo‘mitaga qaytarildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61605 | Инструменты