Qoraqalpog'istonda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan noyob qush - yo‘rg‘a tuvaloqlarining 402 tasi ko'paytirish uchun qo'yib yuborildi

Davlat ekologiya qo‘mitasi va “Falcon hunting solutions” kompaniyasi tomonidan O'zbekiston "Qizil kitobi" hamda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush yo‘rg‘a tuvaloqlardan yana 402 tasi Ustyurt tekisligi hududiga  qo‘yib yuborildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda 2017-2021-yillar oralig‘ida jami 9491 bosh yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborilgan.

Yo‘rg‘a tuvaloq O'zbekistonda asosan Qizilqum cho‘lida, undan tashqari Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Kavkaz orti, Misr, Gʻarbiy Osiyo, Mo‘g‘ulistonda uyalaydi.

Cho‘llarga bahorga yaqin uchib keladi. Har biri 2, 3 donadan  tuxum qo‘yadi va 21, 25 kun davomida bosib yotadi. Polaponlari iyun-iyul oylarida ucha boshlaydi.

Ayni paytda mamlakatda bu noyob qushlarni maxsus pitomniklarda ko‘paytirib, tabiat bag‘riga qo‘yib yuborish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o'tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009-yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41217 | Инструменты