Huawei 1
Qozog'istonda shosseda muzlab qolgan o'zbekistonliklar qutqarib olindi

Qozog'iston respublikasi Qarag'anda viloyati qutqaruvchilari buzilgan avtobusning 40 dan ortiq yo'lovchilarini evakuasiya qildi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

9-yanvar kuni avtobus yo'lovchilari bilan Olmaota-Yekaterinburg shossesida Chimkent-Tobolsk yo'nalishi bo'ylab harakatlanayotgan bo'lgan. Avtobusning buzilish sabablari haqida xabar berilmagan.

“Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari nosoz avtobusdan 41 kishini evakuasiya qildi, shundan 14 nafari O`zbekiston, 27 nafari Qozog'iston fuqarolari”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yo'lovchilar orasida jabrlanganlar yo'q, ular tibbiy yordamga muhtoj emas.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo'ron haqida ogohlantirish paytida aholi punktlaridan tashqariga chiqmaslikni tavsiya qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60703 | Инструменты