Huawei 2
Qurbon hayiti kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati soat 7:00 gacha cheklanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, 2024-yilning 16-iyun kuni poytaxtimizdagi 121 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda

Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 16-iyun soat 00:00 dan 7.00 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati to‘liq cheklanadi:  

Mirzo Ulug‘bek tumani:

"To‘ra buva" masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi - Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li - Sultoniya ko‘chasigacha.

Bektemir tumani:

“Xo‘ton”" masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi - Husayn Boyqaro ko‘chasidan    Bektemir  yo‘li  ko‘chasigacha.

Olmazor tumani:

“Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi - KXAY– Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari  chorrahasigacha.

"Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan,  Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontoxur tumani:

“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.

"Xo‘ja Alambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor - Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon - Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

“Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha.

"Katta Qozirobod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha.

“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.

“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqumiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik  ostidan Oliy Majlis binosi  qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani:

“Abdullox ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa’ni  ko‘chalari chorrahasigacha.

"Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Maxorat ko‘chalari chorraxasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

“Minor” masjidi oldidagi  KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.

“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan  Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani:

“Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:

“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

"Ali ibn Abu Tolib" masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi - Imom Buxoriy - Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon - Salohiyat ko‘chalari  chorrahasigacha.  

Mirobod tumani:

“Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY  va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62811 | Инструменты