Raqobat va iste’molchi huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ko‘ra, endilikda konditsioneri ishlamagan kupe uchun chiptadan ma’lum summadagi pullar chegirib qolinadi.
Ya’ni sovitish tizimi xizmatlari uchun ham chiptaga to‘lov qilingan, ammo yo‘lovchi poyezdlarida harakatlangan paytda konditsioner ishlamasa va bu holat o‘z tasdig‘ini topsa, yo‘lovchilarga havo haroratini mo‘’tadillashtirish va sovitish tizimlari ishlamaganligi uchun tegishli miqdordagi pul mablag‘lari kompensatsiya sifatida qaytarib beriladi.
Shuningdek, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ tomonidan shu yilning 19 iyul sanasidan kupe tipidagi vagonlarning havo sovitish tizimi uchun to‘lov undirilmaydi, chipta narxidan chegirib qolinadi.
Qolaversa, qo‘mita yuqoridagi kabi muammolar yuzasidan tashkilotning o‘zi yoki “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga konditsioner ishlamayotganligini tasdiqlovchi foto va video materiallari bilan tegishli raqam va elektron pochta manzillariga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты