Respublikamizda 33 712,2 mlrd so'mlik moliyaviy xizmatlar ko'rsatildi
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida respublikada 157 085,3 mlrd. so'mlik bozor xizmatlari ko'rsatilgan. Bozor xizmatlarining nominal hajmi 16 126,8 mlrd. so'mga oshgan. O'tgan yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 101,8 %ni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi:
- aloqa va axborotlashtirish – 9 390,0 mlrd;
- moliyaviy – 33 712,2 mlrd;
- transport – 38 437,3 mlrd;
- shu jumladan: avtotransport – 20 975,1 mlrd;
- yashash va ovqatlanish – 4 242,6 mlrd;
- savdo – 41 268,2 mlrd;
- ko'chmas mulk bilan bog'liq – 4 362,8 mlrd;
- ta'lim sohasi – 5 519,0 mlrd;
- sog'liqni saqlash sohasi – 2 259,5 mlrd;
- ijara – 2 941,1 mlrd;
- kompyuter va maishiy tovarlarni ta'mirlash – 2 390,6 mlrd;
- shaxsiy – 3 570,7 mlrd;
- me'morchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi– 3 390,1 mlrd;
- boshqalar – 5 601,2 mlrd so'mlik bozor xizmatlari ko'rsatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты