Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolariga ichki hujjat bilan O‘zbekistonga kirishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekiston Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolarining 30 kungacha bo‘lgan muddatga ichki hujjat yoki ID karta orqali, bolalarning esa «kinder pasport» orqali mamlakatga kirishiga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bunday topshiriq prezident Shavkat Mirziyoyevning 15 mayda imzolagan mamlakatga sayyohlar oqimini keskin oshirish to‘g‘risidagi farmonida belgilangan. Ichki ishlar vazirligi uch oy ichida mazkur uch davlat bilan muzokaralarni boshlashi kerak.

O‘zbekiston 2023 yilda ID kartalar yordamida chegarani kesib o‘tish tartibini yo‘lga qo‘ygan ilk davlat Qirg‘iziston bo‘lgan edi.

Ayni shu farmonda AQSH fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy etish va AQSH tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun viza talablarini yengillashtirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash rejalari ham nazarda tutilgan.

O‘zbekiston 1 iyundan boshlab Bahrayn, Quvayt va Ummon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejimni joriy etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22502 | Инструменты