Huawei 1
Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Moskvaga tashrif doirasida Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining muhim yo‘nalishi bo‘lgan madaniy-gumanitar muloqotni rivojlantirish va jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari e‘tibor markazida bo‘ldi.

Parlamentlararo hamkorlik va mintaqalararo aloqalar yuksak darajaga chiqqani mamnuniyat bilan qayd etildi.Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Ta‘lim va madaniyat sohalaridagi loyihalarga alohida e‘tibor qaratildi.Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Rossiya oliy ta‘lim muassasalarining yangi filiallarini ochishga ko‘maklashish, yoshlar uchun qo‘shma dasturlar, shuningdek, madaniyat sohasidagi tashabbuslar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Faxriylar va bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga alohida to‘xtalindi.Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Madaniy muloqot va gumanitar almashinuv ikki tomonlama munosabatlarning muhim asosi bo‘lib qolayotgani to‘g‘risida yakdil fikr bildirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60218 | Инструменты