Huawei 1
Samarqandda 10 yoshli jiyaniga zo‘ravonlik qilgan erkak 16 yilga qamaldi

Avvalroq Samarqand viloyatida 45 yoshli erkak 1,5 yil mobaynida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz xatti-harakatlar qilishda ayblanib, hibsga olingan edi.

Joriy yilning 28 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudida mazkur holat yuzasidan yuritilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudida sudlanuvchi T.N.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan. Ushbu sud jarayoni Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, T.N. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Samarqand viloyati sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqli ekani ma’lum qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71211 | Инструменты