Samarqandda maktab o'quvchisini zo‘rlab, homilador qilgan erkakka jazo tayinlandi. Bu haqda UzReport.news'ga Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma'lum qildi.
Aniqlanishicha, 2021-yil noyabr oyida Samarqand shahridagi maktabda tahsil oluvchi 13 yoshli qiz homilador bo‘lib qolgan. Holat yuzasidan olib borilgan tekshiruv davomida qizni u bilan bir uyda birga yashab kelayotgan onasining xonadoshi zo‘rlagani aniqlangan. Zo‘ravonlik qizning 11 yoshidan boshlangan.
Erkakka nisbatan Samarqand shahar sudi tomonidan jazo tayinlangan. Sud hukmi bilan aybdor Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismida (O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsning nomusiga tegish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilgan holda sudlanuvchiga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51316 | Инструменты