Huawei 1
Samarqandda qalbaki aksiz markali alkogol va hujjatsiz tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “B.B.” MCHJ rahbari A.T. “Navbog‘” MFY hududidagi savdo do‘konida kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan turli nomdagi umumiy bahosi 104 mln so‘mlik 2 071 dona qalbaki aksiz markali alkogol va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 608 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31903 | Инструменты