Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatidagi XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlanganligi hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz taʼmirlanganligi oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd, Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji O‘rinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz taʼmirlanganligi natijasida 10,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31206 | Инструменты