“Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
“O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (575-son, 17.09.2021 y.) qabul qilindi
Qaror bilan tasdiqlangan “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, mazkur internat uylariga:
- parvarish qilish shart bo‘lgan 1-darajali qarindoshi yoki vasiylari bo‘lmagan yolg‘iz keksalar;
- 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironlar;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz I guruh nogiron keksalar joylashtiriladi.
Quyidagilar “Saxovat” internat uylariga qabul qilishga qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi:
- tutqanoq bo‘ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib bo‘shashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
- ruhiy kasalliklar;
- sil kasalligi;
- yuqumli ter va soch kasalliklari;
- o‘tkir yuqumli kasalliklar;
- salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va residivlari;
- tanosil kasalliklari.
Qaror bilan shuningdek, quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
- “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari to‘g‘risida;
- “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uylari to‘g‘risida;
- Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar to‘g‘risida;
- Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati to‘g‘risida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71611 | Инструменты