Huawei 1
Senatda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

2025-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi aʼzosi Kero Miller xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat va jamiyat hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar, shuningdek, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro tajriba almashish va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, energetika sanoati, taʼlim, sog‘liqni saqlash, xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash va gender tenglik masalalarida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda parlament diplomatiyasi muhim o‘rin tutishini taʼkidlab, do‘stlik guruhlarini tashkil etish hamda hududlararo muloqotlarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish hamda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31804 | Инструменты