Toshkent shahar Sergeli tumanida sodir bo‘lgan favqulodda hodisa natijasida aholining zarar ko‘rgan uy-joylarini tiklash ishlari jadal davom etmoqda.
Bu ishlarning barchasi aholi uchun bepul amalga oshirilmoqda.
"Afsuski, murakkab vaziyatdan foydalanib, aholidan pul undirish niyatida bo‘lgan shaxslar mavjudligi aniqlandi. Ular hukumat tomonidan bepul amalga oshirilayotgan ishlar uchun yurtdoshlarimizdan pul so‘rab, ularning soddaligidan foydalanmoqda.
Hurmatli jabr ko‘rgan yurtdoshlar! Barcha ishlar siz uchun bepul ravishda bajarilmoqda, noinsof shaxslarning gaplariga ishonib, aldanib qolmang", - deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71210 | Инструменты