Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Parkentda Rizamat Musamuhamedov nomidagi Uzumchilik markazi tashkil etishni taklif qildi

Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev ayni damda Toshkent viloyatida saylovodi dasturlari bilan aholini tanishtirmoqda. 

Ushbu dasturlarda uzumchilik markazi tashkil etish masalasi ham turibdi. 

Ma'lumotlarga ko'ra, Toshkent viloyati bir vaqtlar oʻzining noyob bogʻdorchilik maktabi bilan nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham shuhrat qozongan. 

Viloyatdan yetishib chiqqan, “Rizamat” uzum navining muallifi Rizamat Musamuhammedov, limonning oʻndan ortiq serhosil navlarini yaratgan Zayniddin Faxriddinov, “Yusupov” nomli mashhur pomidor navining muallifi Karim Yusupov, bogʻdorchilik ilmining haqiqiy jonkuyari, akademik Mahmud Mirzayev, atoqli sohibkor, Oʻzbekiston Qahramoni Tojiboy Rizayev singari zahmatkash insonlarning mehnatlari, xalqimiz uchun bugungi kunda ham oʻz mevasini bermoqda.

Xususan, Rizamat ota Musamuhamedovning uzumchilik sohasidagi natijalari Fransiya, Bolgariya, Vengriya, Italiya kabi koʻplab davlatlarda ham, bugun keng qoʻllanayotgani barchamizga iftixor bagʻishlaydi.

"Ana shunday usta sohibkorning xotirasini abadiylashtirish maqsadida, Parkent tumanida Rizamat Musamuhamedov nomidagi Uzumchilik ilmiy-amaliy markazini tashkil qilsak, har yili xalqimiz, xorijiy mehmonlar va sayyohlar ishtirokida Uzum sayli oʻtkazish anʼanasini yoʻlga qoʻysak, har tomonlama toʻgʻri boʻladi. Bu taklif ham sizlarga maʼqulmi?", - deya fikr bildirgan nomzod. 

Shuningdek, bugungi kunda viloyat hayotida oʻzining samarali mehnati va ibratli faoliyati bilan el-yurt hurmatini qozongan Saydali Rahmonov, Alim Toʻychiyev, Jonsaid Turdiyev, Aleksandr Farmonov singari qahramonlarimiz, Abduhoshim Mutalov, Turop Xoltoyev, Ummatqul Mirzaqulov, Zokirjon Almatov, Sayfulla Asatov, Abdumajid Shodiyev, Alinazar Egamnazarov, Viktor Pak, Farida Ibragimova, Usmon Joʻrayev kabi muhtaram faxriylarimiz Toshkent viloyatining shon-shuhrati va obroʻsini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgani ham alohida ta'kidlangan.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70122 | Инструменты