Huawei 1
Sifatli taʼlimda ijobiy natijalar ko‘rsatayotgan maktablar rahbariyati va o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilidan sifatli taʼlimda ijobiy natijalar ko‘rsatayotgan maktablar rahbariyati va o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi. Bu haqda Hukumatning joriy yil 6-may kuni imzolangan 263-qarorida gap boradi.

Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etgan maktablar rahbariyati va o‘qituvchilariga ustama berish tartibi joriy qilinadi.

Rahbariyati va o‘qituvchilari rag‘batlantirishga tavsiya etilgan umumiy o‘rta taʼlim maktablari ro‘yxati har o‘quv yili yakunida eʼlon qilinadi hamda keyingi bir o‘quv yili davomida ushbu maktabning o‘quvchilariga mazkur qarorga muvofiq rahbariyati hamda o‘quvchilarning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama beriladi.

Bundan tashqari 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta maktabning har biriga 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga