Sirdaryo viloyati hokimiga 2 nafar o'rinbosar tayinlandi
Bugun, Sirdaryo viloyati hokimiga 2 nafar o'rinbosar tayinlandi.
Shavkat Zayniddinov Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi lavozimida ishlagan.
Baxodir Botirov viloyat hokimining o‘rinbosari-investisiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, 2019-yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Otabek Nosirov nomzodini Yangiyer shahar hokimi lavozimiga tavsiya etildi.
Otabek Nosirov 1976-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1999-yilda Jizzax politexnika institutini, 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
"Otabek Nosirov viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan davrida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirdi. To‘plagan ish tajribasi orqali Yangiyer shahrining drayver yo‘nalishlarini yaxshi biladi, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha astoydil mehnat qiladi degan umiddamiz", - deya ishonch bildirdi Gʻofurjon Mirzayev.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112306 | Инструменты