Huawei 1
Sirdaryoda fuqaroni 4 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo'lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro I.I. fuqarolar S.M. va O.R.ning ishonchiga kirib, ularni 4 000 AQSh dollari evaziga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlaridan biriga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekiston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtiga biriga ko‘chirib berishini aytib 3 900 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60703 | Инструменты