Huawei 1
Sirdaryodagi avtomobil bozori boshqa joyga ko‘chiriladi

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanining Navro‘z mahallasida joylashgan haftaning faqatgina har shanbasida faoliyat yurituvchi avtomobil bozorini boshqa hududga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Uning o‘rnida 6 ta arzonlashtirilgan ko‘p qavatli uy-joy quriladi.

Tuman hokimligining maʼlum qilinishicha, avtobozor shu haftadan xalqaro ahamiyatdagi A-373 "M-39 avtoyo‘li – Guliston – Bo‘ka – Angren – Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh" avtomobil yo‘lining 15 kilometridagi “Anor sotish va aholiga boshqa maishiy xizmatlar ko‘rsatish majmuasi” hududida ish boshlaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты