Huawei 1
Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

2017 yil 23 avgustda Prezident Shavkat Mirziyoyev PQ-3240-son “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” Qarorni imzoladi.

Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligining Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda uning Ijro etuvchi direksiyasini tugatib, sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. 2017 yilning 1 sentyabridan boshlab malaka darajalari, martaba darajalari va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun sudyalar hamda sudlar va Departament xodimlari lavozim maoshlariga ustama va har oylik qo‘shimcha haq to‘lash, sudlar va Departamentning yordamchi xodimlarini ta’minlash, sudyalar hamda sudlar, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Departament va Markaz xodimlari tomonidan belgilangan tartibda uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining faoliyati tugatilganligi bois uning 2 shtat birligini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va 2 shtat birligini Departamentga ajratish va ularning tegishincha budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi
va Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan saqlanishi ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda tugatilayotgan Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining hisobidan sudyalar, sud va Departament xodimlariga o‘tgan davr uchun to‘lanmagan malaka darajalari, martaba darajalari hamda uzoq muddatli xizmati uchun ustamalar va qo‘shimcha haqlarni to‘lanishini ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты