Surxondaryoda 41 yoshli "Hizb ut-Tahrir" diniy-ekstremistik tashkiloti a'zosi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Bu haqda IIV xabar bermoqda.
Unga ko'ra, joriy yilning mart oyida huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida istiqomat qilgan Oʻzbekiston hududida faoliyati taqiqlangan "Hizb ut-Tahrir" diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdori 41 yoshli Alimov Botir Xurramovichning jinoiy faoliyatiga chek qoʻyilgan edi.
Tergov jarayonida maʼlum boʻlishicha, B.Alimov Internetning “Facebook” va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlarida “Oxirat hisobi” nomli profili orqali ekstremistik gʻoyalarni targʻib qilib, virtual doʻstlariga "Hizb ut-Tahrir" DETning audio-video materiallarini tarqatib kelgan.
B.Alimovning jinoiy harakatlari ayni paytda, Polshada yashirinib kelayotgan "Hizb ut-Tahrir"ning faol yollovchilari hisoblangan xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxslar tomonidan boshqarilgan.
Joriy yilning iyul oyida B.Alimovning jinoiy qilmishlari Jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyat sudi tomonidan koʻrib chiqilib, u 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41515 | Инструменты